Public Offer

Kuchga kirish sanasi: 2024-yil 1-yanvar

1. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat "Charge One" (Ijrochi) va har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (Buyurtmachi) o'rtasida xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzish bo'yicha rasmiy taklif (ommaviy oferta) hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq, ushbu taklifni qabul qilish ko'rsatilgan shartlarni qabul qilishni anglatadi.

2. Ofertani qabul qilish (Aksept)

Buyurtmachi ilovada ro'yxatdan o'tishi va hisobini to'ldirishi bilan ushbu ofertani shartsiz va to'liq qabul qilgan (akseptlagan) deb hisoblanadi. Aksept - bu shartnoma taraflar tomonidan to'liq imzolangan kuchga ega.

3. Xizmat ko'rsatish tartibi

Ijrochi elektrokar avtomobillarini quvvatlash xizmatini yagona dastur yoki tarmoq ichidagi stansiyalar orqali taqdim etadi. Barcha ma'lumotlar, joylashuv, va tariflar ilovada ochiq e'lon qilinadi. Buyurtmachi xizmatdan o'z xohishi bo'yicha mustaqil foydalanadi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

  • Ijrochi huquqlari: xizmatni yaxshilash, profilaktika ishlari vaqtida xizmatni to'xtatib turish, qonunchilikka asosan narxlarni o'zgartirish huquqiga ega.
  • Buyurtmachi huquqlari: sifatga e'tiroz bildirish, baland tarifda quvvat olmasdan stansiyani tark etish, oldindan ogohlantirmasdan tizimdan foydalanishni rad qilish.

5. To'lov tartibi

To'lov ilova hisobiga 100% oldindan karta terminali, onlayn to'lov tizimlari (Payme, Click va hkz) orqali kiritiladi. Sarflangan kVt yoki daqiqa bo'yicha aniq mablag' zaryadlash vaqtida dastrurdan hisobdan yechiladi. Qolgan mablag'lar qoldiq sifatida saqlanadi.

6. Fors-major

Elektr tarmog'idagi uzilishlar, aloqa operatorlari tomonidan sodir bo'lgan nosozliklar kabi Ijrochi nazorat qila olmaydigan holatlarda xizmat ko'rsatilmaganligi uchun qoplama summasi majburiyat emas, favqulodda xizmat to'xtatuvchi holat hisoblanadi.