Terms of Service

Oxirgi yangilanish: 2024-yil 1-yanvar

1. Shartnoma qoidalari

Ushbu Foydalanish Shartlari foydalanuvchilar "Charge One" tarmog'i va platformasi xizmatlaridan qanday foydalanishlari mumkinligini ta'minlaydi. Ilovani o'rnatish, va undan foydalanish orqali siz quyida keltirilgan shartlarga rozi bo'lgan hisoblanasiz. O'qib chiqish tavsiya e'tiladi.

2. Ro'yxatdan o'tish

Tizimdan foydalanish uchun foydalanuvchi ilovada yoki veb-saytda ro'yxatdan o'tishi zarur. Profil ochish vaqtida ko'rsatilgan barcha ma'lumotlar aniq va dolzarb ekanligiga foydalanuvchi kafolat berishi shart.

3. Foydalanish tartibi va mas'uliyat

Foydalanuvchi xizmatlardan qonunchilikka zid holda foydalana olmaydi. Zaryadlash stansiyalari uskunalariga qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida zarar yetkazgan foydalanuvchi jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

4. Narxlar va to'lovlar

Xizmatlar narxi (tariflari) ilova orqali e'lon qilinadi va mijoz ularni quvvatlanish oldidan tasdiqlaydi. Xizmat uchun hisoblangan summa dastrurda biriktirilgan to'lov vositasi (karta, elektron hamyon) orqali yechib olinadi. Xizmatlarni amalga oshirayotganda mablag'ning yetarli darajada ekanligini ta'minlash mijozning vazifasi hisoblanadi.

5. Bekor qilish va xizmatni to'xtatish

Foydalanuvchi istalgan vaqt o'z akkauntini yopishi va ilova orqali foydalanishni to'xtatishi mumkin. Biz foydalanish shartnomasi buzilgan deb gumon qilsak yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar so'rovi asosida profilni bloklash, xizmat ko'rsatishdan bosh tortish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz.

6. O'zgartirishlar

Biz ushbu Foydalanish Shartlariga istalgan vaqt o'zgartirish kiritish huquqini saqlab qolamiz. Yangilangan versiya darhol tarmoq sahifalarida e'lon qilinadi.